16:00 / 18.05.2021
11786
Reklama

Qozog‘istonning yirik klining kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirib keldi

IC Group Uzbekistan har qanday obektlar bilan ishlaydi: ishlab chiqarish obektlari, yangi binolar, biznes markazlari, istirohat bog‘lari va xususiy uylar, shuningdek ichki tozalash xizmatlarini autsorsingga o‘tkazishga yordam beradi.

Tijorat va turar joy binolarini tartibga solish katta resurslarni talab qiladi. Uy egasi o‘z vaqtini va kuchini umumiy tozalashga sarflaydi, biznes esa katta mablag‘ sarflaydi. Kompaniya professional uskunalar va yuvish vositalarini sotib olishga, xodimlarni yollashga va kuzatishga, ish haqi va ijtimoiy to‘lovlarni to‘lashga hamda texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilish bilan bog‘liq muammolarni o‘z zimmasiga olishga majbur.

Tozalashni klining tashkilotiga o‘tkazish orqali ushbu qiyinchiliklarni hal qilish mumkin. Biroq, kerakli ish hajmini qamrab oladigan ishonchli kompaniyani topish har doim ham oson emas. IC Group yirik xolding kompaniyasining o‘zbek bozoriga kirishi hatto juda katta obektlarni: fabrikalarni, savdo va ko‘ngilochar markazlarni, sport majmualarini, supermarketlarni, hukumat binolarini autsorsingga o‘tkazishga imkon berdi.

IC Group xoldingi 14 yildan beri Qozog‘iston bozorida muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda. Uning portfelida 500 dan ortiq korporativ mijozlar, jumladan Samsung, NK “Qozog‘iston temir yo‘li”, AAir Astana, Kazaxtelekom, SEC MEGA Park, Halyk Bank, Astana Opera va boshqalar bor. IC Group Qozog‘istondagi B2B tozalash bozorining 27 foizdan ortig‘iga egalik qiladi. Kompaniyaning kapitallashuvi 20 million AQSh dollarini tashkil etadi.

IC Group Uzbekistan xizmatlari qatoriga quyidagi tozalash turlari kiradi: asosiy (xodimlar ofisga kelishidan oldin yoki keyin), texnik xizmat ko‘rsatish (kun davomida ish xonalarini va sanuzellarni tozalash), qurilishdan keyingi davr (bo‘yoq izlaridan, yelim qoldiqlaridan, changdan xalos etish), umumiy tozalash ishlari. Shuningdek, kompaniya kirish yo‘laklarini, hovlilarni, kvartiralarni, uylarni, dala hovlilarni tozalash, hamda kir yuvish va muhandislik xizmatlarini taklif etadi.

Mijozlar IC Group'ni tanlashining 5 ta sababi:

1. Xaridor professional uskunalarni sotib olish va ta'mirlashda tejaydi. IC Group Uzbekistan to‘liq texnik to‘plamlari, shu jumladan yuvish-so‘rib olish uskunalarini, supurish va jilolash mashinalarini, mebel va gilamlarni tozalash uskunalarini, fasadlar va oynalarni yuvish uskunalariga ega;

2. Mijoz sifatli tozalashni optimal narxlarda qo‘lga kiritadi. Uskunalar va yuvish vositalarini ulgurji sotib olish, katta hajmdagi ishlar va yuqori darajadagi avtomatlashtirish tufayli IC Group o‘z xizmatlari uchun qulay narxlarni taklif etadi;

3. Faqat ekologik toza yuvish vositalari va tozalagichlardan foydalaniladi. Mijoz odamlar va hayvonlarning sog‘lig‘i uchun tashvishlanmasligi zarur;

4. Ikki bosqichli sifat nazorati tizimidan foydalaniladi. Har bir mijozga shaxsiy menejyer tayinlanadi, u avval tozalash natijasini o‘zi tekshiradi va shundan keyingina mijozga taqdim etadi. Ushbu yondashuv sizga kichik kamchiliklarni ham sezish va yo‘q qilishga imkon beradi;

5. Xizmatlar operativ tarzda taqdim etiladi. Zamonaviy texnik uskunalar va malakali xodimlar xonalarni, kirish yo‘laklarini, hovlilarni qisqa vaqt ichida tartibga solishga qodir. Agar mijoz shoshilinch tozalashni talab qilsa, kompleks tozalash uchun uskunalar bilan jihozlangan mobil guruh ish joyiga yetib boradi.

Qanday qilib biznes jarayonlarining samaradorligini oshirish va tozalashni autsorsingga o‘tkazish orqali xarajatlarni kamaytirishni bilish uchun IC Group Uzbekistan bilan bog‘laning.

IC Group Uzbekistan sizni tashvishlardan xalos qiladi va yuqori sifatli tozalash ishlari bilan ta'minlaydi!

Batafsil ma'lumot uchun:

Telefon: +99878 888 05 55

Instagram: @icgroup.uz

Facebook: fb.com/IC-Group-Uzbekistan

Telegram: t.me/ICgroup_Uzbekistan

Reklama huquqi asosida

Top