21:39 / 18.05.2021
2975

Surxondaryoda tezlikni oshirgan mast haydovchi mashinani chuqurga qulatdi. Undagi yo‘lovchi vafot etdi

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida spirtli ichimlik ta'sirida bo‘lgan haydovchi tezlikni oshirib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Oqibatda yo‘lovchi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 16 may kuni soat 19:30larda Oltinsoy tumani Mirshoda mahallasi hududidan o‘tgan mahalliy yo‘lda 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi «Lasetti» avtomashinasini mast holda boshqarib tezlikni oshirgan. So‘ng yo‘ldagi xavfli burilishlardan birida boshqaruvini yo‘qotib, avtomashina yo‘ldan chiqib chuqurlikka tushib ketgan.

Oqibatda mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan shaxs og‘ir tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli shifoxonada vafot etgan.

Qayd etilishicha, tuman IIB tomonidan mazkur hodisa yuzasidan surishtiruv o‘tkazilmoqda.

Top