22:28 / 20.05.2021
8438

Hindistondagi yomon ob-havo vaqtida yuzdan ortiq kishi halok bo‘ldi

 Hindiston g‘arbiga yopirilgan Tauktaye sikloni yuzdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi.

Tsiklon vaqtida Mumbay sohillari yaqinida bortida 261 kishi bo‘lgan barja cho‘kib ketgan. Buning oqibatida 37 kishi halok bo‘lgan, 38 kishi bedarak yo‘qolgan, qolganlarni qutqarishga muvaffaq bo‘lingan.

Yomon ob-havo bilan bog‘liq boshqa ko‘ngilsiz hodisalarda, jumladan, imoratlar qulashi va daraxtlar ag‘darilishi oqibatida 81 kishi halok bo‘lgan. Xususan, Gujarot shtatida 51 kishi, Maxarashtrada 18 kishi, Goa, Karnataka va Kerala shtatlarida umumiy hisobda 10 kishi halok bo‘lgan.    

Bundan tashqari, Gujarotda 16,5 mingga yaqin uyga shikast yetgan, hukumat 200 mingdan ko‘proq kishini evakuatsiya qilgan.

Tauktaye sikloni 210 km/soatgacha tezlikdagi shamollar olib kelgan. Yomon ob-havo sababli portlar, aerodromlar va ba'zi asosiy avtomobil yo‘llari yopilgan.

Tsiklon Hindistonda 4 kundan beri davom etmoqda. U joriy yil boshidan beri eng kuchli siklon deb atalgan. Ba'zi hududlarda yomon ob-havo elektr ta'minotining uzilishiga olib kelgan.

Top