17:59 / 21.05.2021
16450

Hokimlar ring va tatamida - Andijon hokimlaridan master klasslar

Andijonda “Yoshlar forumi 2021” festivaliga start berildi. Festival doirasida tashkil etilayotgan sport musobaqalarida hokimlar va sektor rahbarlari o‘ziga xos master klass o‘tib berdi. Kun.uz muxbiri mazkur forumdagi sektor rahbarlarining chiqishlaridan fotogalereyani taqdim etdi.

Mahmudjon Bozorov

Paxtaobod tumani hokimi Mahmudjon Bozorov andijonliklarning sevimli sporti bo‘lmish boksda ringga ko‘tarildi. 

Iqboljon Matro‘ziyev

Oltinko‘l tumani hokimi Iqboljon Matro‘ziyev karatedagi raqibi bilan tatamida kurash olib borgan bo‘lsa, qolgan sektor rahbarlari basketbol savatchasini "nishon"ga olishdi.

Abdujabbor Egamberdiyev

Andijon tumani hokimi Abdujabbor Egamberdiyev yoshlar bilan bir qatorda velopoygada ishtirok etdi. G‘olib kim bo‘ldi deb o‘ylaysiz?

Hikmatillo Latipov

Jalaquduq tumani hokimi Hikmatillo Latipov yashil maydonda top surdi. Gol urgan, urmaganini bila olmadik.

Mansurbek Alixonov

O‘zbek jang san'atidagi "chiqishi" bilan Asaka tuman hokimi Mansurbek Alixonov internetni "portlatdi" deya olamiz. Tuman hokimi ortidan sektor rahbarlari ham tatamiga chiqib, master klass o‘tishdi.

Asaka tuman IIB boshlig‘i Sardorbek Umarov
Boburjon Yuldashev

Marhamat tumani hokimi Boburjon Yuldashev esa "aql gimnastikasi" bo‘yicha raqibi bilan kuch sinashdi.

Omadbek Akbarov

Buloqboshi tumani IIB boshlig‘i Omadbek Akbarov esa shashka o‘ynayotganini ko‘rish mumkin.

Top