14:47 / 21.05.2021
3134

Respublika bo‘yicha ichimlik suvi uchun qarzdorlik 674 mlrd so‘mdan ortdi

2021 yil 21 may kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O‘zsuvta'minot” AJ rahbariyati ishtirokida “Aholining ichimlik suvi bo‘yicha debitor qarzdorligi va tarmoqqa noqonuniy ulanishlarning oldini olish” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.

Tadbirda ishtirok etgan “O‘zsuvta'minot” AJ departament boshlig‘i Zuhriddin Zayniddinov ma'lum qilinishicha, bugungi kunda 3,9 mln aholi va 89,7 ming yuridik iste'molchilar mavjud bo‘lib, shundan 53 foiz (2,1 mln) aholi iste'molchilari suv hisoblagichlari bilan ta'minlangan bo‘lsa, yuridik iste'molchilarda ushbu ko‘rsatkich 94,6 foizni tashkil etadi.

Bugungi kunda respublika bo‘yicha qarzdorlik 674,1 mlrd so‘m, shundan aholi 555,8 mlrd so‘m va yuridik iste'molchilar 118,2 mlrd so‘mni tashkil etadi. Qayd etish kerakki, o‘z vaqtida suv haqini to‘lab kelayotganlar ham bor. Masalan, elektron to‘lov tizimlari (click, paynet, payme, upay) orqali I chorakda 39,3 mlrd so‘m kelib tushdi, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga (22,8 mlrd so‘m) nisbatan 72 foizga oshdi.

Bugungi kunda 2 444 nafar nazoratchi ishga qabul qilinib, ular 2 368 ta (97 foiz) terminal va 2 587 ta (106 foiz) termoprinter bilan ta'minlangan. Joriy yil I choragida pul undiruvi 349 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga (226 mlrd so‘m) nisbatan 122 mlrd so‘m yoki 54 foizga oshdi. Hududiy korxonalar tomonidan 63,5 mlrd so‘m qarzdorlik fuqarolik va iqtisodiy sudlarga taqdim qilingan.

Mavzuga oid
Top