19:45 / 22.05.2021
7495

Avstriya tashqi ishlar vaziri Rossiya Yevroittifoq bilan muloqot o‘rnatishni istamayotganini aytdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda YeI va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgan.

Yevropa ittifoqi Rossiya bilan muloqot o‘rnatishni xohlamoqda, ammo Moskva buni hozircha istamayapti. Bu haqda Avstriya tashqi ishlar vaziri Aleksander Shallenberg «O-1» radiostansiyasi efirida ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda YeI va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgan.

«Tangoga ikki kishi raqsga tushadi, deyishadi. Yevropa ittifoqi muloqotni istamoqda. Biz muloqot uchun kanallarni xohlaymiz, ammo buning uchun javob harakati bo‘lishi kerak, narigi tomon buni istamayapti», — dedi Shallenberg.

Aprelda Shallenberg hozirda Rossiya bilan muloqotga e'tibor qaratish va kelgusida sanksiyalar kiritishdan voz kechish kerakligini aytgandi.

Avvalroq Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas Moskva va Berlin o‘rtasida keyingi 30 yildagi eng jiddiy davr yuzaga kelganini aytgandi.

Mavzuga oid
Top