15:51 / 22.05.2021
8815

Benzema Fransiya termasiga chaqirilganidan so‘ng milliy jamoa liboslari sotuvi 2400 foizga o‘sdi

Karim Benzema 18 may kuni Fransiya terma jamoasiga chaqirildi. U terma jamoa safida oxirgi marta 2014 yilgi jahon chempionatida qatnashgandi.

«Real» hujumchisi Karim Benzemaning olti yil ichida ilk bor Fransiya terma jamoasiga chaqirilishi milliy jamoa liboslari sotuviga ta'sir ko‘rsatdi. Marca nashrining yozishicha, fransuzlarning Yevropa chempionatida ishtirok etadigan tarkibi e'lon qilinganidan so‘ng terma jamoa liboslari sotuvi 2400 foizga o‘sdi.

Nashrning qayd etishicha, Benzema tufayli fransuzlarning liboslari Yevro-2020 oldidan barcha jamoalar ichida eng ko‘p sotilgan libosga aylanishi mumkin.

Terma jamoada marketing nuqtai nazaridan eng jozibador futbolchilar hisoblanuvchi Kilian Mbappe va Antuan Grizmannlar ham to‘p suradi, deyiladi gazeta maqolasida.

Karim Benzema 18 may kuni Fransiya terma jamoasiga chaqirildi. U terma jamoa safida oxirgi marta 2014 yilgi jahon chempionatida qatnashgandi.

Bir yildan keyin esa terma jamoadan chetlashtirilgan.

Top