15:00 / 23.05.2021
19689

«Rostov» Eldor Shomurodovning transferidan bonus olmaydigan bo‘ldi

O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov Italiya A Seriyasi 38-turida «Kalyari» darvozasiga o‘yindagi yagona golni urib, «Jyenoa»ga g‘alaba keltirdi. Shu tariqa o‘zbekistonlik hujumchi mavsumdagi gollari sonini 8 taga yetkazib oldi. Shuningdek, Shomurodov A Seriyada bitta assistni ham o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygandi.

Agar Shomurodov yana bitta gol ursa yoki golga assistentlik qilsa, uning sobiq jamoasi «Rostov» yana 500 ming yevro pul ishlab olishi mumkin edi. Chunki futbolchi «Rostov»dan «Jyenoa»ga o‘tganda, u A Seriyadagi birinchi mavsumida gol+assist ko‘rsatkichida 10 ball ishlasa, «Jyenoa» qo‘shimcha 500 ming yevro to‘lashi shartnomada ko‘rsatilgan.

Shomurodov butun mavsum davomida 8 ta gol urib, 2 ta golga assistentlik qildi, lekin shartnomada A Seriyadagi natijalar inobatga olinishi belgilangani sabab «Rostov» 500 ming yevro bonusdan quruq qoldi. Chunki hujumchi A Seriyada 8 ta + 1 assistni amalga oshirdi.

Ma'lumot uchun, Shomurodov o‘tgan mavsum oldidan «Rostov»dan «Jyenoa»ga 7 million yevroga o‘tgandi. Yevropaning top-5 ligalarida maydonga tushgan ikkinchi (Ilyos Zeytullayevdan keyin), bunday ligalarda gol urgan ilk o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi.

Top