10:32 / 24.05.2021
5482

Koronavirus: So‘nggi bir kunda 200dan ortiq yangi holat aniqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda 200dan ortiq bemor sog‘ayib, pandemiya boshidan buyon koronavirusdan sog‘ayganlar soni 94 ming nafardan oshgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 23 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 98657 (+206) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 12 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 6 nafari Andijon viloyatida,
  • 4 nafari Buxoro viloyatida,
  • 4 nafari Jizzax viloyatida,
  • 1 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 2 nafari Namangan viloyatida,
  • 25 nafari Samarqand viloyatida,
  • 4 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 8 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 42 nafari Toshkent viloyatida,
  • 96 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Jizzax viloyatida 9 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 2 nafar,
  • Navoiy viloyatida 5 nafar,
  • Samarqand viloyatida 30 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 2 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 8 nafar,
  • Toshkent viloyatida 44 nafar,
  • Toshkent shahrida 113 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 94143 (+213) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3834 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top