16:19 / 24.05.2021
3626

«O‘zbekinvest» 2020 yil Brendi deb tanlandi

«O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasi O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalari orasida 2020 yil Brendi nominatsiyasida g‘olib deb tanlandi, hamda «Sug‘urta bozori yetakchisi» maxsus mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Joriy yilning 16 apreldan 14 mayiga qadar mamlakatimiz aholisi O‘zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi (O‘zMA) tomonidan uyushtirilgan tanlovda 24 sohada faoliyat yuritayotgan kompaniyalar orasidan 2020 yilning Brendini tanlashdi. Bu yil iste'molchilar tanlov tarixida birinchi marta sug‘urta xizmatlari, servisi va marketing faoliyati bilan ajralgan eng yaxshi sug‘urta kompaniyasi uchun ovoz berish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, ovoz beruvchilarning aksariyati sug‘urta kompaniyalari orasidan «O‘zbekinvest»ni «Yil Brendi» deb tanladilar. Bu mukofot o‘z navbatida kompaniyaning O‘zbekiston sug‘urta bozorining nafaqat moliyaviy natijalar bo‘yicha, balki aholi orasida mashhurlik va ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari sifati bo‘yicha ham yetakchisi ekanligini isbotladi.

Shu bilan birga, respublika marketing va sug‘urta sohasini rivojlantirishga, shuningdek, O‘zbekiston marketing assotsiatsiyasi bilan uzoq muddatli hamkorlikka qo‘shgan katta hissasi uchun «O‘zbekinvest» kompaniyasi «2020 yil O‘zbekiston sug‘urta bozorining yetakchisi» mukofotiga sazovor bo‘ldi.

«O‘zbekinvest» jamoasi barcha mijozlari va hamkorlariga «Yil Brendi» tanlovida bildirilgan ishonch va qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorchilik bildiradi.

Sayt: insurance.uz

«O‘zbekinvest» ijtimoiy tarmoqlarda:

Facebook: fb.com/Uzbekinvest

Instagram: @uzbekinvest

Telegram: t.me/uzbekinvestnic

Youtube: O‘zbekinvest

Reklama huquqi asosida

Top