19:00 / 24.05.2021
2921

Surxondaryoda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 62 yoshli shaxs og‘ir tan jarohatlari olib komaga tushdi

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida Kobalt va Matiz avtomashinalari to‘qnashib ketgan. Oqibatda Kobaltda yo‘lovchi sifatida ketayotgan 62 yoshli shaxs og‘ir tan jarohatlari olib komaga tushgan va shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 23 may kuni taxminan soat 11:45 larda davlat ahamiyatidagi 4R105 avtomobil yo‘lining Boysun tumani Darband mahallasi xududida o‘tuvchi 12 kilometrida Kobalt va Matiz avtomashinalari o‘zaro to‘qnashgan. 2002 yilda tug‘ilgan haydovchi o‘z boshqaruvidagi «Kobalt» bilan, ro‘paradan o‘zining yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan 1981 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Matiz avtomashinasining yo‘liga chiqib ketishi sababli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Oqibatda, «Kobalt» avtomashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 1959 yilda tug‘ilgan fuqaro J. B. bosh miya yopiq lat yeyishi, ikkala ko‘z atrofi gematomasi, chap peshona qosh sohasi yirtilgan, ko‘krak qafasi gematomasi toraks, og‘ir postravmatik shok koma holati kabi tan jarohati olib, Boysun tumani shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan.

Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Boysun tuman IIB YHXB tomonidan surishtiruv o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid
Top