16:07 / 25.05.2021
9047
Reklama

LG mijozi bo‘lsangiz, sizni katta chegirmalar kutyapti – LG Electronics'dan mijozlar uchun PREMIUM g‘amxo‘rlik

LG Electronics – o‘ziga xos, hech kimnikiga o‘xshamagan sifat deganidir va u sizga har soniyada yaqinlaringiz uchun g‘amxo‘rlik qilishingizga yordam beradi. Hatto yaqinlaringizning yonida bo‘lmaganingizda ham. Yangiligi saqlangan oziq-ovqatlar, toza uy, tejalayotgan resurslar va vaqtni maksimal darajada tejash... LG maishiy texnikalarini sotib olib qo‘lga kiritishingiz mumkin bo‘lgan qulayliklarni uzoq davom ettirish mumkin.

Biz sizni faqatgina sifatli va aqlli gajyetlar bilangina xursand qilib qolmasdan, balki turli chegirmali Aksiyalar ham o‘tkazib, bizga bo‘lgan ishonchingiz va sadoqatingiz uchun minnatdorchilik bildirmoqchimiz. Bu safar sizni LG Premium sinfidagi maishiy texnikalar: muzlatkich, konditsioner, kir yuvish mashinasi, changyutgich va televizorlar uchun hayratlanarli chegirmalar haqida xabardor qilmoqchimiz. Aksiyada qatnashishingiz va texnikalarimizdan xarid qilishingiz mumkin. Texnikalar modeli va boshqa qo‘shimcha ma'lumotlarni www.LGblog.uz sayti orqali olishingiz mumkin.

LG texnikalarini sotib olish orqali Aksiya ishtirokchisiga aylanishingiz hamda harid qilgan mahsulotingizga 10, 30, 50 foizlik va hatto 100 foizlik chegirmalarni yutib olishingiz, shuningdek, Makro yoki Korzinka.uz supermarketlar tarmoqlarida xarid uchun 100 ming so‘mlik kafolatli sertifikatga ega bo‘lishingiz mumkin. Aksiyada ishtirok etish uchun: hududingizda joylashgan firma do‘konlarimizdan birida Aksiyada ishtirok etayotgan tovarlardan birini sotib oling va 3 ish kuni ichida proma-personaldan xaridingizni ro‘yxatdan o‘tkazing. Shundan so‘ng sizga skertch-karta taqdim etiladi va undagi himoya qatlamini o‘chirib, o‘zingizni nima sovg‘a kutayotganini shu zahotiyoq bilib olishingiz mumkin. Sovg‘angizni ham birdaniga sizga taqdim etishadi.

Yozni yoqimli bonuslar va sovg‘alar mavsumiga aylantirish juda oson.

Aksiya 20 maydan 21 iyungacha o‘tkazilsa-da, sovrin jamg‘armasidagi sovg‘alar tugab qolgan taqdirda, tanlov istalgan payt to‘xtatilishi mumkinligini aytib o‘tamiz (bunday vaziyatda www.LGblog.uz sayti orqali qo‘shimcha ma'lumot beriladi). Shuning uchun o‘zingizga taqdim etishingiz mumkin bo‘lgan qulaylikni ortga surmang, aynan bugun ikki baravar yaxshisiga ega bo‘lishingiz mumkin.

LG mijozlarga xizmat ko‘rsatish markazi: 0-800 120-22-22

Muhim: raqamni to‘liq terish kerak. O‘zbekiston hududi bo‘ylab ushbu raqamga qo‘ng‘iroq qilish bepul.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top