17:41 / 25.05.2021
6773

OAV Putin-Bayden uchrashuvi qachon va qayerda bo‘lib o‘tishi haqida xabar berdi

Rossiya tomoni hozircha rejalashtirilgan uchrashuv bo‘yicha tafsilotlarni ma'lum qilmadi.

Foto: TASS

Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Jo Bayden o‘rtasidagi uchrashuv 15-16 iyun kunlari Jyenevada bo‘lib o‘tadi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib MSNBC telekanali xabar berdi.

CNN suhbatlashgan ikki mansabdor ham uchrashuv Jyenevada o‘tkazilishi to‘g‘risidagi ma'lumotni tasdiqlagan.

Rossiya tomoni hozircha rejalashtirilgan uchrashuv bo‘yicha tafsilotlarni ma'lum qilmadi.

Shveytsariya tashqi ishlar vazirligi ushbu xabarni tasdiqlagani ham, rad etgani ham yo‘q.

24 may kuni Jyenevada Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev va AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jyeykob Sallivan o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgandi.

Top