23:25 / 25.05.2021
6002

Shri-Lanka yaqinida konteynerovozda portlash yuz berdi

Foto: Sri Lanka Airforce Media / Reuters / Scanpix / LETA

Shri-Lankaning Kolombo porti yaqinida 25 tonna azot kislotasi tashiyotgan MV X-Press Pearl konteynerovozida portlash yuz berdi. Portlash 20 maydan beri yonayotgan kema harbiy aviatsiya va harbiy dengizchilar tomonidan o‘chirilishi vaqtida sodir bo‘lgan.

Voqea oqibatida 2 kishi jarohat olgan. Kema ekipaji evakuatsiya qilingan. Kema sohilbo‘yidan dengiz ichkarisiga 50 dengiz miliga olib ketilmoqda. Undagi yong‘inni to‘xtatishning iloji bo‘lmayapti.

Mahalliy OAVda ma'lum qilinishicha, kemadagi kamida 8ta konteyner suvga tushib ketgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Shri-Lankaga kemadagi yong‘inni o‘chirish uchun Niderlandiyadan zarur uskunalarga ega maxsus kema kelishi kutilmoqda.

Top