17:28 / 25.05.2021
13765

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari viloyat hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Farrux Toirov Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

F.Toirov 1980 yil Denov tumanida tug‘ilgan. Ichki ishlar akademiyasini 2002 yilda bakalavr, 2004 yilda magistr yo‘nalishlari bo‘yicha tugatgan. Mutaxassisligi – huquqshunos, harbiy unvoni – polkovnik.

U mehnat faoliyati davomida Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasida mas'ul lavozimlarda, shuningdek, Uzun va Sariosiyo tumanlarida ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.

Farrux Toirov 2019 yildan to shu kungacha Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Top