11:20 / 25.05.2021
18433

Tabiat qo‘ynidagi tayyorgarlik. Milliy jamoaning Chimyondagi yig‘inidan eksklyuziv fotogalereya

JCh-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo‘shma saralash bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy jamoasi Bo‘stonliq tumanidagi tog‘li hududda yig‘in tashkil etgan. 24 may, dushanba kuni Kun.uz va Tribuna.uz sayti ijodkorlari Vadim Abramov boshchiligida o‘tayotgan milliy jamoamiz mashg‘ulotlarida bo‘lib qaytishdi.

Asosan jismoniy tayyorgarlikka katta urg‘u berilayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini quvnoq kayfiyatda o‘tmoqda. Legionerlar orasidan Odil Ahmedov hammadan avval safga qo‘shilgan bo‘lsa, so‘ng Belarusdan Shahzod Ubaydullayev, Birlashgan Arab Amirliklaridan Jaloliddin Masharipov, Odil Hamrobekov, Otabek Shukurov, Dostonbek Hamdamov yetib kelgan. Shuningdek, Dushanbeda o‘tgan OFK kubogida ishtirok etgan «Nasaf» vakillari ham safda. Tez orada, Italiyadan Eldor Shomurodov, Qozog‘istondan Igor Sergeyev va Koreyadagi legionerlarimiz ham mashg‘ulotlarga qo‘shilishi kutilmoqda.

Quyida milliy jamoamizning Chimyon tog‘ yonbag‘ridagi tabiat qo‘ynida o‘tkazayotgan mashg‘ulotlardan Kun.uz va Tribuna.uz sayti ijodkorlarining uyushtirgan eksklyuziv fotogalereyasini tomosha qiling.

Suratlar muallifi – Ma'rufjon Asqarov

Top