06:29 / 27.05.2021
15439

«Vilyarreal» «MYu»ni mag‘lub etib, yevrokubokni qo‘lga kiritdi

Ispaniyaning «Vilyarreal» klubi chorshanba oqshomida o‘tkazilgan uchrashuvda Angliyaning «Manchester Yunayted» klubini penaltilar seriyasida mag‘lub etib, Yevropa Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Foto: Getty Images

Yevropa Ligasi finalida Ispaniyaning «Vilyarreal» va Angliyaning «Manchester Yunayted» klublari o‘zaro to‘qnash kelishdi. 

Yevropa Ligasi. Final
Vilyarreal — Manchester Yunayted 1:1

Gollar: Moreno (29) — Kavani (55).
Penaltilar seriyasi — 11:10: J.Moreno (1:0), Mata (1:1), Raba (2:1), Telles (2:2), Alkaser (3:2), Fernandesh (3:3), A.Moreno (4:3), Reshford (4:4), Parexo (5:4), Kavani (5:5), Gomes (6:5), Fred (6:6), Albiol (7:6), Jyeyms (7:7), Koklen (8:7), Shou (8:8), Gaspar (9:8), Tuanzebe (9:9), Torres (10:9), Lindelyof (10:10), Ruli (11:10), De Xea (11:10, darvozabon).
Vilyarreal – Ruli, Foyt (Gaspar, 88), Pau Torres, Albiol, Pedrasa (A.Moreno, 88), Parexo, Pino (Alkaser, 77), Trigeros (Moi Gomes, 77), Kapu (Raba, 120+3), Bakka (Koklen, 60), J.Moreno.
Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka (Telles, 120+3), Shou, Bayi (Tuanzebe, 116), Lindelyof, Fernandesh, Pogba (Jyeyms, 116), Maktominey (Mata, 120+3), Kavani, Grinvud (Fred, 100), Reshford.
Ogohlantirishlar: Kapu (54), Bayi (82), Foyt (84), Kavani (113).
26 may. Gdansk. «PGE Arena»

O‘yinning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi - 1:1. Birinchi bo‘limda Jyerar Moreno «Vilyarreal»ni oldinga boshladi, ikkinchi bo‘lim boshida manchesterliklarning urugvaylik hujumchisi Edinson Kavani hisobni tenglashtirdi.

Qo‘shimcha bo‘limlarda jamoalar hisobni o‘zgartira olishmadi, penaltilar seriyasida esa jamoa futbolchilari xatosiz harakat qilishdi, natijada masalani darvozabonlar hal qiladigan bo‘lishdi.

«Vilyarreal»ning argentinalik darvozaboni Xeronimo Rulli dastlab shtatdagi penaltichi kabi «Manchester» darvozasini ishg‘ol etdi, keyin esa Ispaniya terma jamoasi posboni David de Xeaning zarbasini qaytarib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Yevropa Ligasi finali Polshaning Gdansk shahrida bo‘lib o‘tdi. 40 ming tomoshabin sig‘imiga ega stadionda 10 mingga yaqin muxlis kirishiga ruxsat berildi.

Ole-Gunnar Sulsher uchun bu final «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi sifatida ilk sovrinni yutish uchun imkon edi - ammo maqsadga erishilmadi. «MYu» Premer-ligada ikkinchi o‘rinni egallagani tufayli keyingi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etadi.

«Vilyarreal» bosh murabbiyi Unai Emeri uchun esa bu Yevropa Ligasidagi to‘rtinchi g‘alabadir: avvalgi uch sovrinni u 2014-2016 yillarda «Sevilya» bosh murabbiyligida qo‘lga kiritgan.

Unai Emeri 2018-2019 yilgi mavsumda Londonning «Arsenal» klubi bilan ham Yevropa Ligasi finaliga chiqqandi, ammo jamoa hal qiluvchi bellashuvda Londonning boshqa bir jamoasi «Chelsi»ga yutqazgan. Joriy mavsumda sariq submarinalar YeL yarim finalida aynan «Arsenal» to‘sig‘idan o‘tishdi (2:1, 0:0).

«Vilyarreal» ham bu g‘alaba orqali YeChLga yo‘llanma oldi.

29 may kuni Yevropaning asosiy yevrokubogi bo‘lmish Chempionlar ligasi kubogi uchun final bahsi o‘tkaziladi - Portudagi «Dragau» stadioni qabul qiladigan o‘yinda Angliyaning «Manchester Siti» va «Chelsi» klublari o‘zaro kurash olib boradi.

Top