22:28 / 28.05.2021
7008

O‘zbekiston va Qozog‘iston MDHning eng istiqbolli iqtisodiyotga ega mamlakatlari deb e'tirof etildi

Tadqiqot mualliflarining fikricha, bu mamlakatlarda 2021 yil yakuni bo‘yicha YaIM o‘sishi besh foizni, o‘rta muddatli istiqbolda to‘rt foizdan yuqori ko‘rsatkichni tashkil etadi.

«Renessans kapital» investitsiya kompaniyasi MDHning eng istiqbolli iqtisodiyotga ega mamlakatlari nomini e'lon qildi, deb xabar berdi «Lenta.ru».

Tadqiqot mualliflarining fikricha, bu mamlakatlar O‘zbekiston va Qozog‘istondir. Ularda 2021 yil yakuni bo‘yicha YaIM o‘sishi besh foizni, o‘rta muddatli istiqbolda to‘rt foizdan yuqori ko‘rsatkichni tashkil etadi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston boshqa ijobiy omillar: siyosiy barqarorlik, mustahkam budjet siyosati, ijobiy demografik trend va ichki bozordagi o‘sish bilan ajralib turadi.

Mualliflarning fikricha, jahon bozoridagi narxlar o‘sishi hisobga olinsa, iqtisodiyotdagi xomashyo sektorining yuqori ulushi O‘zbekiston va Qozog‘istonga qo‘l kelishi mumkin. Bundan tashqari, har ikki mamlakatda davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayoni faol kechmoqda.

Tadqiqotchilar Toshkent va Nur-Sulton davlat qarzi darajasining nisbatan pastligi va MDH o‘lchovi bo‘yicha Xitoyga eksportning yuqoriligi bilan ham ajralib turishini qayd etgan.

Top