21:17 / 28.05.2021
22555

«Rahbarlar bu tashkilot borligini his qilsin» - Prezident Burhonovga topshiriqlar berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektorda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbari Akmal Burhonovga topshiriqlar berdi.

«[Aksilkorrupsiya agentligi rahbari Akmal] Burhonov, sening televizorda bergan ma'lumotlaringni ko‘rdim. Viloyatlarga ko‘proq chiq, toki rahbarlar bunday agentlik ishlayotganini his qilsin. O‘rinbosarlaring hududlarga borsin», dedi prezident aholining yashash sharoitini yaxshilash, turar joylarni ta'mirlash ishlari bo‘yicha videoselektor chog‘ida.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev sohadagi korrupsiya bilan kurashish zarurligi bo‘yicha qo‘shimcha fikrlar ham bildirdi.

«Raqamlashtirishni tezroq joriy qila olmasak, korrupsiyani yo‘qota olmaymiz. Har bir ajratilgan mablag‘ – xalqning puli. Talon-toroj qilinsa, so‘rov juda qattiq, jazo og‘ir bo‘ladi», – deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Top