11:02 / 29.05.2021
3563

«Captiva» sotib olish muhokamasi videosi tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Yakkabog‘ tuman hokimi Lutfitdin Abdullayevning «Captiva» sotib olish uchun Xalq deputatlari tuman Kengashiga taklif kiritgan videosi tarqaldi.

Videoda tuman budjetini maqsadli sarflash masalasi «qizg‘in muhokama» qilingani «aks etgan». Ayniqsa, tuman Kengashi muhokamasida tuman hokimi o‘rinbosari deputat Nazira Elmurodova bilan tortishgani yanada qiziq. Kengashlarda masalani aslida kim muhokama qilishiga master klassmi bu?

Qolaversa, Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati «Captiva» masalasidagi munosabatida «hokimning avvalgi mashinasi yaroqsiz holga kelib qolgan» degan jumla bor edi. Videoda Lutfitdin Abdullayev avvalgi avtomashinasini birinchi o‘rinbosarga berishini ma'lum qilgan. Demak, birinchi o‘rinbosar «minsa» bo‘ladi, lekin hokim uchun eski!

  • Savol: Qashqadaryoda xizmat mashinasi sotib olish uchun moratoriy bekor qilingan ekan, Dehqonobod va Koson tumanlaridan boshqa hududlardagi axborot xizmatlari nega piyoda yuribdi?
Top