12:46 / 29.05.2021
1629

Farg‘ona viloyati prokuraturasida ommaviy axborot vositalari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Matbuot anjumanida Farg‘ona shahridagi shov-shuvga aylangan "555" dorixonasida sodir etilgan bosqinchilik jinoyati videokuzatuv kameralari orqali fosh bo‘lganligi, joylarda 16  mingga yaqin kuzatuv kameralari o‘rnatilganligi, sodir etilgan 157 ta jinoyat aynan kuzatuv kameralarga muhrlanib qolgan tasvirlar orqali ochilganligi soha xodimlari tomonidan ma'lum qilindi. 

Kun.uz muxbiri viloyat miqyosida turli mavzulardagi qonunbuzilish holatlari o‘z aksini topgan murojaatlar ko‘plab kelayotganligi, ayrim joylarda oddiy muammolar ham o‘z yechimini topishda oqsoqlanayotganligi haqida to‘xtaldi. Bunga javoban viloyat prokurori o‘rinbosari tomonidan muammolarni samarali yechim topishida OAV bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhim omil ekanligi bildirildi. 

“Kelajakda OAV va blogerlar bilan ishlash bo‘yicha muntazam ravishda dasturlar asosida, reja asosida hamkorlik qilib boramiz. Ijtimoiy tarmoqlarda rezonans beruvchi ma'lumotlar, xabarlar yuzasidan o‘z vaqtida munosabat berish masalalari prokuratura organlari tomonidan doim ko‘rib chiqiladi. OAV so‘roviga asosan ma'lumot taqdim etiladi. Biz OAV bilan hamkorlikka doim tayyormiz”, - deydi Kun.uz muxbiri bilan suhbatda viloyat prokurorining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘yicha katta yordamchisi Nodirjon Jalolov.

Top