13:56 / 29.05.2021
8553

Luchano Spalletti - «Napoli» bosh murabbiyi 

Italiyalik mutaxassis Luchano Spalletti «Napoli» klubi bosh murabbiyiga aylandi. 

«Sizlarga shuni mamnuniyat bilan xabar qilamanki, 1 iyul kunidan boshlab Luchano Spalletti «Napoli» bosh murabbiyi sifatida ish boshlaydi. 

Xush kelibsan, Luchano! Birgalikda katta ishlarni amalga oshiramiz», - deya yozadi «Napoli» klubi xo‘jayini Aurelio De Laurentis tvitterdagi sahifasida.

Avvalroq, Spaletti «Napoli» bilan deyarli kelishuvga erishgani, 62 yoshli murabbiyning Neapol klubidagi yillik maoshi 3,5 million yevroni tashkil etishi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, «Napoli» klubi A Seriya yakunlariga ko‘ra, Chempionlar ligasiga yo‘llanma ololmagach, bosh murabbiy Jyennaro Gattuzo iste'foga chiqarilgandi. 

Ma'lumot uchun, Luchano Spalletti 2019 yilda «Inter»ni tark etgach, hozirga qadar hech bir klubda faoliyat yuritmayotgandi.

Mavzuga oid
Top