12:57 / 31.05.2021
9619

Toyloqda maktab direktori o‘rinbosarining kaltaklangani holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toyloqda maktab direktori o‘rinbosarining kaltaklanganligi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB xabar berdi.

Bundan oldin, Toyloq tumanidagi 59-umumta'lim maktabining o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari 26 may kuni o‘quvchining qarindoshlari tomonidan kaltaklangani xabar qilingandi

2021 yil 26 may kuni direktor o‘rinbosari A.S. 9-sinf o‘quvchisi A.Sh. imtihonga kechikib kelganligi sababli unga tanbeh berib, og‘zaki urishganligi uchun o‘quvchi arazlab maktabdan chiqib ketib, shu kun amakisining o‘g‘illari M.Sh. va S.Sh.larni maktabga birga olib kelgan, ular direktor o‘rinbosarini xizmat xonasida urishib, unga tan jarohati yetkazishgan.

Ushbu holat bo‘yicha 31 may kuni Tayloq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan M.Sh. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma'lumot uchun, aprel oyida Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi 134-maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi, may oyi boshida Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi 33-maktab direktor o‘rinbosari kaltaklangandi.

Top