15:40 / 02.06.2021
5816

Toshkentdan Dubayga yangi reys qo‘yildi

Foto: KUN.UZ

«Uzbekistan Airways» AJ Toshkent – Dubay – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslar sonining ko‘paygani haqida xabar berdi.

2021 yilning 19 iyun sanasidan boshlab Toshkent-Dubay va Dubay-Toshkent yo‘nalishlari haftada 6 marta (seshanba kunidan tashqari) amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, Toshkent – Dubay yo‘nalishi bo‘yicha aviabilet narxi 2 325 712 so‘mni tashkil etadi.

Toshkent – Dubay – Toshkent esa, 3 627 220 so‘m etib belgilangan.

Top