09:26 / 03.06.2021
10318

Isroilda 12 yil ichida ilk bor Netanyahusiz hukumat shakllantirildi

Foto: AP

Isroilda 12 yil ichida ilk bor Binyamin Netanyahusiz koalitsion hukumat shakllantirildi. Agar hukumat tasdiqlansa, amaldagi bosh vazir Netanyahu o‘z lavozimini tark etishiga to‘g‘ri keladi.

Isroilning muxolif partiyasi «Yyesh atid» yetakchisi Yair Lapid Isroil prezidenti Reuven Rivlinga rotatsiya asosida ishlovchi yangi hukumatni shakllantirishga muvaffaq bo‘lganini ma'lum qildi. Ushbu hukumatda bosh vazir lavozimini dastlab «Yamin» partiyasi yetakchisi Naftali Bennet, 2 yildan keyin esa Lapid egallaydi.

Shu bilan birga, yangi hukumat tarkibi rasman kuchga kirishi uchun uni prezident tasdiqlashi va parlament ma'qullashi kerak bo‘ladi.

Isroil prezidenti devonxonasida ma'lum qilinishicha, yangi hukumatni bir nechta partiyalar, jumladan, «Yyesh atid», «Yamina», «Kaxol-Lavan», «Avoda» va boshqalar qo‘llab-quvvatlaydi.

2009 yildan beri Isroil bosh vaziri lavozimini egallab kelgan Binyamin Netanyahu Bennet-Lapid hukumati mamlakatni falokatga olib kelishini va tashqi tahdidlarga dosh berolmasligini, jumladan, HAMAS va Eronga qarshi kurasha olmasligini aytgan.

Netanyahu mart oyida Isroil parlamenti – knessetga o‘tgan saylovlarda hukumatni birinchi bo‘lib shakllantirish huquqini qo‘lga kiritgan, biroq parlamentdagi ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlovini ololmagan. Shundan keyin hukumatni shakllantirish huquqi Yair Lapidga o‘tgan.

Mavzuga oid
Top