08:46 / 03.06.2021
11033

O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha 124-o‘ringa chiqdi

O‘zbekiston Speedtest global indeksida mobil internet tezligi bo‘yicha so‘nggi o‘ntalikni tark etib, 134 ta mamlakat orasida 124-o‘rinni egalladi.

Speedtest Global Index ma'lumotlariga ko‘ra, aprel oyida dunyodagi mobil internet tezligi o‘rtacha 53,38 Mbit/sekundni tashkil qilgan. O‘rtacha tezlik o‘tgan oyga solishtirganda 10 foizga, o‘tgan yilga qiyoslaganda 72,8 foiz oshgan.

MDH davlatlari orasida Qozog‘iston o‘sish bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichga erishgan – 9 punktga yuqorilab, 95-o‘rindan 86-o‘ringa ko‘tarilgan.

Undan keyingi o‘rinlarda Belarus (+8), O‘zbekiston (+4), Tojikiston (+3) va Rossiya (+1) turibdi. Armaniston esa, o‘tgan oygi ko‘rsatkichga nisbatan solishtirganda 4 pozitsiya pastlagan.

Mobil internet tezligi bo‘yicha Birlashgan Arab Amirliklari 190,87 Mbit/sek), Janubiy Koreya (186,06 Mbit/sek) va Qatar (181,43 Mbit/sek) yetakchilik qilishmoqda.

Reytingning quyi pog‘onasida Bangladesh (11,32 Mbit/sek) 132-o‘rin, Afg‘oniston (8,18 Mbit/sek) 133-o‘rin va Venesuela (7,73 Mbit/sek) 134-o‘rindan joy olishgan.

Armaniston garchi o‘tgan oyga nisbatan 4 pozitsiya pastlaganiga qaramay, MDH davlatlari orasida yetakchi bo‘lib qolmoqda. Armanlar jahon reytingida 82-o‘rinda. Undan keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston va Belarus kelyapti.

MDH davlatlari orasida eng sifatsiz mobil internet O‘zbekiston va Tojikistonda. O‘zbekiston 17,28 Mbit/sek tezlik bilan jahon reytingida 124-o‘rinda, Tojikiston esa 127-o‘rinda (13,74 Mbit/sek).

Reyting 134 ta mamlakatni qamrab olgan.

Mavzuga oid
Top