22:31 / 04.06.2021
10418

Dunyodagi eng qimmat avtomobil turar joyi 1,3 million dollarga sotildi

Hongkongda bir avtomobil turar joyi narxi bo‘yicha jahon rekordi o‘rnatildi. Shahardagi nufuzli turar joy majmualaridan birining avtoturargohidagi avtomobil joyi 1,3 mln dollarga sotildi. 

Foto: Getty Images

Avtomobil turar joyi Vanchay tumanidagi 430 metrli Nikolson tog‘ida qad rostlagan uylardan birida joylashgan. Ushbu majmuadan Hongkong porti ko‘rinib turadi. Uning yonida esa Osiyodagi eng qimmat uylar joylashgan.

 Hongkongda aholi zichligi va deyarli bo‘sh yer yo‘qligi sababli har qanday ko‘chmas mulk obekti maksimal narxlarda sotiladi.

Bir avtomobil turar joyi uchun avvalgi rekord narx ham Hongkongda qayd etilgan. 2019 yilda shahardagi avtoturargohlardan biridagi joy uchun 980 ming dollar to‘langan. Umuman olganda, Hongkongda pandemiya sababli ma'lum vaqt pasayish qayd qilingan mahalliy ko‘chmas mulk bozorida oxirgi oylarda jonlanish kuzatilmoqda.

Top