16:00 / 07.06.2021
7704
Reklama

Huawei kompaniyasi Green Uzbekistan loyihasini davom ettirmoqda

2020 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi akselerator laboratoriyasi Orol dengizi tubini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha kraudfanding (ommaviy mablag‘ to‘plash) tadbirini boshladi va bu tadbir doirasida mamlakatdagi har bir fuqaro, tashkilot va kompaniya qurg‘oqchil hududlarda saksovul ko‘chatlarini ekishda o‘z hissasini qo‘shishi mumkin.

O‘tgan yili Huawei Uzbekistan kompaniyasi Green Uzbekistan tashabbusini ilgari surgan edi va uning doirasida kompaniya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) O‘zbekistondagi Green Aral Sea nomli loyihasiga qo‘shilgandi. Mazkur loyiha Orol dengizi tubini ko‘kalamzorlashtirish orqali iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va Qoraqalpog‘iston aholisining turmushini yaxshilashga qaratilgan.

“Loyiha ishga tushirilgan vaqtdan boshlab Huawei uni darhol qo‘llab-quvvatladi va deyarli 20 mingga yaqin ko‘chatlarni o‘tqazishda yordam berib, “Yashil Chempion” bo‘ldi. Biz loyihada faqatgina bir marta ishtirok etish bilan cheklanib qolmaymiz, bu yil biz o‘z kompaniyamiz tomonidan ekilgan ko‘chatlar sonini 30 mingtaga yetkazmoqchimiz va kelgusi 10 yil ichida Orol dengizi tubi hududlarining yashil tusga kirishiga o‘z hissamizni qo‘shishni davom ettirmoqchimiz. Yaqinda BMT Bosh assambleyasi Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e'lon qilish haqida maxsus qaror qabul qilib, unda Orolbo‘yi mintaqasining ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy holatini yaxshilashga qaratilgan qator chora-tadbirlar va tashabbuslarni belgilab qo‘ydi. O‘ylaymanki, bizning kompaniyamiz qo‘shgan arzimas hissa ham mintaqaning barqaror rivojlanishini ta'minlash bo‘yicha umumiy ishga katta foyda keltirishi mumkin”, – deya ta'kidladi Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori Lyu Tszyasin.

Huawei Uzbekistan  jamoasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakillari bilan birgalikda Mo‘ynoqdan 85 km uzoqlikda joylashgan va loyiha amalga oshirilayotgan 100 gektarlik alohida yer uchastkasiga tashrif buyurishga muvaffaq bo‘ldi.

“Biz Orol dengiziga, aniqrog‘i qachonlardir dengiz bo‘lgan joyga yetib keldik. O‘sha yerda turibgina, o‘zgarishlarning butun ko‘lamini va ekologik fojia oqibatlarini to‘liq anglab yetar ekan kishi. Aynan shu tufayli ham biz ushbu mintaqaga ko‘proq e'tibor qaratishga qaror qildik. Orol dengizi tubini ko‘kalamzorlashtirish – biz o‘z hissamizni qo‘shishni istagan yo‘nalishlardan biri xolos, bundan tashqari biz ushbu mintaqada raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha katta loyihalarni amalga oshirish, jumladan, Qoraqalpog‘istonning AKT sohasidagi salohiyatini aniqlash, yoshlarning IT-texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, hamda, aloqa operatorlari uchun “green” yechimlarni taqdim etish uchun bel bog‘ladik”, – deb aytdi korporativ aloqalar departamenti rahbari Davron Azizov.

Green Uzbekistan loyihasi Huawei kompaniyasi tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan yagona loyiha emas. May oyining boshida Huawei kompaniyasi hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti (TIQXMMI) 5G texnologiyalari, narsalar Interneti (Internet of Things – IoT), aqlli datchiklar va katta ma'lumotlarga intellektual ishlov berish platformalari asosida ma'lumotlarni boshqarish, monitoring qilish va qayta ishlash tizimlaridan foydalangan holda “aqlli” qishloq xo‘jaligi loyihasini ishga tushirdilar. Mazkur loyiha O‘zbekistondagi tabiiy resurslardan oqilona foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan.

Reklama huquqi asosida

Top