14:22 / 07.06.2021
5184

Samarqand YeTTBning «Yashil shaharlar» dasturiga qo‘shildi

Samarqand Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB)ning qiymati 3 milliard yevroni tashkil qiluvchi «Yashil shaharlar» dasturiga qo‘shilish orqali barqaror rivojlanishni rejalashtirishni takomillashtiradigan O‘zbekistondagi birinchi shahar bo‘ldi. 

Samarqand dasturning 48-ishtirokchisiga aylandi, bu dushanba kuni YeTTB birinchi vitse-prezidenti Yurgen Rigterinkning tashrifi chog‘ida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanishi bilan tasdiqlandi

Yurgen Rigterink 7-9 iyun kunlari YeTTBning O‘zbekistonga kelgan yuqori rahbariyat delegatsiyasiga rahbarlik qilmoqda. Ushbu qadam 2050 yilgacha O‘zbekistonga uglerod neytralligini qo‘lga kiritishda yordam beradi, deyiladi YeTTB ma'lumotida.

Barqaror rivojlanish dasturiga qo‘shilish orqali shaharlar YeTTB moliyaviy ko‘magi bilan pilot loyihani amalga oshirmoqda. Samarqand misolida - elektr avtobuslariga sarmoya kiritilishi kutilmoqda, shuningdek, Shaharni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha harakatlar rejasi ishlab chiqiladi. Endi ekologik muammolarni samarali hal qilish uchun Samarqand yakka tartibdagi ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha harakatlar rejasi dasturini ishlab chiqishni boshlaydi.

Top