13:02 / 08.06.2021
2244

Farg‘ona shahridagi sodir bo‘lgan yong‘inda 6 kishining hayoti saqlab qolindi

7 iyun kuni soat 10:05da Farg‘ona shahar, «Bobur» MFY, A.Qodiriy ko‘chasi ko‘p qavatli 28-uyning 62-xonadoni balkonida uy jihozlari yongan. Yong‘in paytida 6 kishining hayoti saqlab qolingan.  Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati Kun.uz ga xabar bermoqda.

Bildirilishicha, Farg‘ona shahar Bobur mahallasi A.Qodiriy ko‘chasi ko‘p qavatli 28-uyning 62-xonadonda yashovchi 57 yoshli D.V. uyi balkonining 8 kvadrat/metr maydonida uy jihozlari yongan. Yong‘in tarqalishi oqibatida yuqoridagi 66-xonadonda yashovchi 31 yoshli M.Yu.ning uyi balkonining 6 kvadrat/metr maydonida uy jihozlari hamda qo‘shnisi 70-xonadonda yashovchi 66 yoshli X.S.ning uyi balkonining 6 kvadrat/metr maydonida uy jihozlari yongan.

Yong‘indan 6 nafar fuqarolar yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan qutqarilib, ularga tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Voqea joyiga 10:15 da yetib borilib, soat 10:17 da olov to‘liq qurshab olingan.10:30 da esa tilsiz yovni o‘chirishga muvaffaq bo‘lingan. Yong‘indan uylarning 120 kvadrat/metr maydoni saqlab qolingan.

Avvalroq Qo‘qon shahridagi yonilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘lgani haqida lavha berilgan edi.

Top