10:37 / 08.06.2021
11196

Yuridik texnikumlarga qabul parametrlari tasdiqlandi

1 avgustdan Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga qabul boshlanadi. Bu yil 14ta viloyatda 14ta yuridik texnikumga 3ta yo‘nalishda qabul bo‘ladi. Bu haqda vazirlik ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, texnikumlarga jami 3 180 kishi olinadi. Shundan 1 950 qabul kunduzgi, 1 230ta qabul esa sirtqi ta'lim uchun bo‘ladi. 

2021/2022 o‘quv yili uchun texnikumlarga abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish 2021 yil 1 avgustdan 20 avgustga qadar (20 avgust kuni ham) amalga oshiriladi.

Bunda hujjatlar davlat xizmatlari markazlari, O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (www.my.gov.uz) yoki Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (www.dtm.uz) orqali qabul qilinadi.

Top