13:06 / 09.06.2021
8204

Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi

Andijon viloyati Paxtaobod tumanida yuk mashinasi yonib ketgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, bugun, 9 iyun kuni soat 10:50 larda, haydovchi U.A. «GAZ-53» rusumli yuk mashinasida Andijon viloyati, Paxtaobod tumani, Sersuv ko‘chasida harakatlanib ketayotganda dvigatel qismida qisqa tutashuv kelib chiqqan. Haydovchi hodisani payqab, mashinani to‘xtatgan. Shundan so‘ng, mashinada yong‘in kelib chiqqan.

Qayd etilishicha, yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisada hech kim tan jarohati olmagan. Yong‘in oqibatida yuk mashinasining dvigateliga jiddiy zarar yetgan. Uning salon qismlari to‘liq yonib ketgan.

Ta'kidlanishicha, mazkur hodisa yuzasidan Paxtaobod tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablari o‘rganilmoqda.

Mavzuga oid
Top