11:43 / 09.06.2021
17370

Muborak tumaniga yangi hokim tayinlandi

Qashqadaryo viloyati Muborak tuman hokimi Ulug‘bek Ernazarov ishdan olinib, uning o‘rnida Akram Aripov ish boshladi.

Bugun, 9 iyun kuni Xalq deputatlari Muborak tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Sessiyada viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etib, tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. 

Deputatlar tomonidan Muborak tumani hokimi etib Akram Oromovich Aripov tasdiqlandi.

Akram Aripov shu vaqtgacha Qarshi tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Muborak tumanida 2020 yilning mayidan buyon Ulug‘bek Ernazarov hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgandi.  

Avvalroq, prezident Muborak tumanida sanoat rivojlanishi past ekanligini ta'kidlagandi.

Mavzuga oid
Top