07:56 / 09.06.2021
26517

Muqimiy nomidagi teatrga yangi direktor tayinlandi

Aleksandr Bekjonov Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri direktori etib tayinlandi.

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi vakillari va teatr jamoasi ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov teatr san'ati oldidagi muhim vazifalar, dolzarb masalalar va ularning yechimlari, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida gapirdi.

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga direktor etib O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Aleksandr Bekjonov tayinlanganligi rasman e'lon qilindi.

Yig‘ilish so‘ngida kuni kecha tavallud kunini nishonlagan ustoz san'atkor, O‘zbekiston xalq artisti Naima Po‘latova va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Turg‘un Beknazarov Madaniyat vazirligi tomonidan tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

2016 yildan Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri direktori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov 15 aprel kuni 58 yoshida vafot etdi

Mavzuga oid
Top