22:52 / 10.06.2021
13557

 Makronning yuziga tarsaki tushirgan shaxs to‘rt oyga qamaldi

Bundan tashqari, u ikki yil sinov muddatida bo‘ladi. Tarelga shuningdek, besh yil davomida qurolga egalik qilish taqiqlanadi. 

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning yuziga tarsaki tushirgan Damiyen Tarel to‘rt oyga qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda BFM telekanali xabar berdi.

Sud qaroriga ko‘ra, Tarel shuningdek, shartli ravishda 14 oyga ozodlikdan mahrum etiladi.

Bundan tashqari, u ikki yil sinov muddatida bo‘ladi. Tarelga shuningdek, besh yil davomida qurolga egalik qilish taqiqlanadi. 

Eslatib o‘tamiz, Tarel Drom departamentida aholi bilan muloqot vaqtida Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning yuziga tarsaki tushirgandi.

Top