11:47 / 10.06.2021
35005

O‘zbekiston prezidenti Dushanbeda tantanali kutib olindi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tojikiston Respublikasiga yetib bordi.

Dushanbe xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbarini Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon kutib oldi.

Aeroport oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari va shiorlar bilan bezatilgan.

O‘zbekiston rahbarini kutib olishda ko‘plab yoshlar va ijodiy jamoalar ham ishtirok etdi.

Prezidentlar muzokaralar davomida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Tojikiston sherikligining keng ko‘lamli kun tartibini ko‘rib chiqadilar hamda xalqaro va mintaqaviy darajadagi aloqalar yuzasidan fikr almashadilar.

Amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashga qaratilgan salmoqli hujjatlar to‘plami imzolanishi kutilmoqda.

Top