18:07 / 10.06.2021
7993

O‘zbekiston va Tojikiston hamkorligi to‘g‘risidagi 35ta hujjat imzolandi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida 35ta hujjat imzolandi.

Aziya-Plyusning xabar berishicha, yuqori darajadagi muzokaralar yakuni bo‘yicha quyidagi hujjatlar imzolandi:

  • Tojikiston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida sanoat va yangi texnologiyalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi;
  • Tojikiston sanoat va yangi texnologiyalar vazirligi va O‘zbekiston “Complex Mining Solution” o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv memorandumi;
  • Tojikiston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida «Tojik-o‘zbek investitsion kompaniyasini tuzish to‘g‘risida»gi;
  • 2018 yil 9 martdagi Tojikiston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro safarlari to‘g‘risidagi kelishuvga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi protokol;
  • Tojikiston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi;
  • Tojikiston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida Zarafshon daryosi havzasida ikkita gidroelektr stansiya qurish va foydalanishning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash, aksiyadorlik jamiyati tuzish to‘g‘risidagi kelishuv;
  • Tojikiston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida O‘zbekiston hududi orqali tovarlarni tranzit qilish to‘g‘risidagi kelishuv;
  • Tojikiston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha 2021-2022 yillarga mo‘ljallangan    yo‘l xaritasi.

Avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon qo‘shma bayonot imzolagani haqida xabar berilgandi.

Top