15:46 / 10.06.2021
12261

UYeFA Ukraina terma jamoasi libosidagi shior olib tashlanishini talab qildi

UYeFAning fikricha, libosdagi "Slava Ukraine!" shiori siyosiy emas. Ammo "Geroyam slava!" shiori olib tashlanishi shart, chunki u birinchi shior bilan birgalikda siyosiy tus kasb etadi.

UYeFA futbol bo‘yicha Ukraina terma jamoasining Yevro-2020 musobaqasi uchun mo‘ljallangan libosidan "Geroyam slava!" yozuvi olib tashlanishini talab qildi.  

Qayd etilishicha, libosdagi Ukraina xaritasi tashkilot qoidalariga zid emas, chunki BMT ushbu davlatning mazkur chegaralarini tan oladi.

"Slava Ukraine!" shiori ham siyosiy emas.

Ammo "Geroyam slava!" shiori olib tashlanishi shart, chunki u birinchi shior bilan birgalikda siyosiy tus kasb etadi.

Avvalroq Rossiyadagilar Ukraina terma jamoasining libosidagi yozuvlar siyosiy shior ekanligidan norozilik bildirgandi.

Mavzu
Yevro-2020
Pandemiya tufayli kechiktirilgan futbol bo‘yicha Yevropa chempionati 11 iyun kuni boshlanadi. Turnir ilk marta butun Yevropa bo‘ylab 11 shahardagi stadionlarda o‘tkaziladi.
Barchasi
Top