11:25 / 11.06.2021
10164

«Romeo va Juletta» yurti Verona shahriga sayohat (foto)

Rafiqam bilan birga yaqinda Italiyaga sayohat qildik. Sayohat davomida «Muhabbat shahri» deb nom olgan Veronaga ham yo‘limiz tushdi. UzbekLife uchun ushbu ajoyib shahardan fotoreportaj tayyorladim.

Ko‘pchilikka ma'lumki, Verona – Shekspirning «Romeo va Juletta» tragediyasida Juletta va uning oilasi istiqomat qiladigan shahar. Shu sababli «Muhabbat shahri» deyiladi. Bu yerda tragediyada tasvirlangan Kapulettilar xonadoni (Juletta Kapullettilar oilasiga mansub) va Juletta Romeoga ko‘rinish berish uchun chiqadigan balkon joylashgan.

Quyida shaharning turli manzaralari aks etgan suratlar bilan tanishasiz.

Verona, San Piyetro qasri.
 Arena di Verona – Verona shahrida milodiy 30 yilda qurilgan amfiteatr.
Kapulettilar xonadoni. Juletta suratdagi balkondan turib Romeo bilan yashirincha suhbatlashgan.
Kapulettilar xonadonidagi panjarali eshiklardan biri. Eshik sevishganlar ilgan muhabbat qulflari bilan to‘lgan.
San Zeno Majore bazilikasi, Shekspir tragediyasida Romeo va Juletta turmush qurgan diniy inshoot.
 Verona, Piazza dei Signori maydoni.
Verona, o‘rta asrlarda qurilgan binolar.
Verona, Skaliger oilasi a'zolariga atab qurilgan maqbaralar (Skaliger Tombs).
Veronaning odatiy ko‘chalaridan biri.
Veronaning odatiy ko‘chalaridan biri.
Verona, San Piyetro ko‘rfazi.
Verona, daryo bo‘yidagi uylar.
 Tungi Verona.

Maqsud Salomov,

UzbekLife kolumnisti

Top