10:10 / 14.06.2021
15306

Koronavirus: Kunlik holatlar soni yana 300dan ortiqni tashkil qildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda koronavirus tasdiqlanganlar ham, kasallikdan sog‘ayganlar ham 300 nafardan oshgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 13 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 103813 (+303) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Qatorasiga uchinchi kun kunlik holatlar 300dan yuqori bo‘lmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 6 nafari Andijon viloyatida,
  • 9 nafari Buxoro viloyatida,
  • 14 nafari Jizzax viloyatida,
  • 24 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 1 nafari Navoiy viloyatida,
  • 6 nafari Namangan viloyatida,
  • 11 nafari Samarqand viloyatida,
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 32 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 20 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 4 nafari Xorazm viloyatida,
  • 44 nafari Toshkent viloyatida,
  • 130 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Jizzax viloyatida 19 nafar,
  • Navoiy viloyatida 3 nafar,
  • Namangan viloyatida 2 nafar,
  • Samarqand viloyatida 26 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 3 nafar,
  • Toshkent viloyatida 111 nafar,
  • Toshkent shahrida 153 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 99733 (+317) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3372 nafar bemor davolanmoqda.

So‘nggi ikki hafta ichida ilk marta o‘lim holati qayd etilmadi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top