19:35 / 15.06.2021
2160

Termizda mashina o‘g‘irlab 2018 yildan beri qochib yurgan shaxs ushlandi

Termiz shahrida bosqinchilik va mashina o‘g‘irlash jinoyatlarini sodir etib, 2018 yildan beri qochib yurgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2018 yil 17 yanvar kuni Termiz shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan A.Bahodir Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi (bochqinchilik) va 267-moddasi 1-qismda (transport vositasini olib qochish), ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib ketgan.

Shundan so‘ng, Termiz shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.Bahodirga nisbatan qidiruv e'lon qilingan va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Qayd etilishicha, 2021 yil 22 may kuni mazkur shaxs Termiz shahri hududida yashirinib yurganligi aniqlanib, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Mavzuga oid
Top