17:48 / 16.06.2021
4506

Ikki oylik tanaffusdan so‘ng Toj-Mahal turistlar uchun ochildi

Majmua hududiga bir vaqtning o‘zida 650 nafargacha kishi kirishiga ruxsat beriladi. 

Foto: TASS

16 iyun kuni Hindistonning Agra shahridagi Toj-Mahal maqbarasi tashrif buyuruvchilar uchun ochildi. Bu haqda Hindustan Times nashri xabar berdi.

Majmua mamlakatda koronavirus tarqalishi avj olgani sababli ikki oy avval yopilgandi. Nashrning yozishicha, majmua hududiga bir vaqtning o‘zida 650 nafargacha kishi kirishiga ruxsat beriladi. 

"Barcha tashrif buyuruvchilar niqobda bo‘lishi shart", - dedi Agra shahri arxeologiya boshqarmasi boshlig‘i Vasant Kumar Savarnkar.

Uning so‘zlariga ko‘ra, chiptalarni faqat onlayn sotib olish mumkin. Toj-Mahal devorlariga qo‘l tekkizish qat'iyan taqiqlanadi. 

Ma'lumot berilishicha, ilgari Toj-Mahalga kuniga o‘rtacha 40 mingga yaqin kishi tashrif buyurgan.

Mavzuga oid
Top