15:39 / 16.06.2021
5599

Koronavirus AQShga 2019 yil dekabrda kirib kelgan – olimlar

 Qayd etilishicha, 50ta shtatda olingan 24 mingdan ortiq qon namunalaridan to‘qqiztasida SARS-CoV-2 antitanalari topilgan.

AQSh milliy salomatlik instituti (NIH) olimlari 2020 yil 7 yanvarda olingan qon namunalarida COVID-19 bo‘lganligini aniqlashdi. Bu esa virus AQShda 2020 yil dekabri oxirlarida paydo bo‘lgani haqida taxmin qilishga imkon beradi, deb yozadi Axios.

Qayd etilishicha, 50ta shtatda olingan 24 mingdan ortiq qon namunalaridan to‘qqiztasida SARS-CoV-2 antitanalari topilgan.

Tadqiqot hammuallifi Sheri Shullining so‘zlariga ko‘ra, tadqiqot virusning kelib chiqishi to‘g‘risida ma'lumot bermaydi – ekspertlar qon namunasi topshirganlarning AQShdan tashqariga chiqqanligi yoki xorijda bo‘lganlar bilan muloqot qilganligiga aniqlik kiritmagan.

Worldometers portalining ma'lumot berishicha, AQSh koronavirus yuqtirish va o‘lim holatlari bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda bugunga qadar 34,3 millionta kasallik yuqtirish va 615,7 mingdan ortiq o‘lim holatlari qayd etilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top