12:00 / 17.06.2021
27733
Reklama

Yangi Qo‘yliq dehqon bozoridagi savdo maydonlarining ijara huquqi asosida sotuvi boshlandi

60 ga maydonda barpo etilgan O‘zbekistondagi ilk agrokompleks -“Food City” o‘z tadbirkorlik faoliyatini yaratish istagida bo‘lganlar uchun yaxshi imkoniyatdir.

Yangi Qo‘yliq dehqon bozorida tadbirkorlar uchun oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tarqatish, sotish uchun muzlatish va sovitish omborxonalari mavjud. Bundan tashqari, bu yerda savdo markazi, mehmonxona, 4 qavatli biznes markaz O‘zbekiston aholisi uchun xizmat ko‘rsatadi. Bozor hududiga tashrif buyurgan ayollar va erkaklar uchun namozxonalar, avtoturargohlar, dam olish maskanlari, avtoshohbekati, bank binosi, savdo xizmatlari, maishiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.

Bunday agrokomplekslar dunyoning eng taraqqiy topgan Fransiya, Germaniya, Avstraliya, Italiya va Rossiya kabi mamlakatlarida ham mavjud bo‘lib, tadbirkorlar va xaridorlar uchun katta qulayliklar yaratadi. Yangi kompleksdagi do‘konlarda ulgurji narxlarda sotib olish va mahsulotni to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib berish kabi KROSS-DOK tizimida amalga oshirish mumkin.

Yangi qurilgan Qo‘yliq dehqon bozori hududidagi savdo shoxobchalari (maydonchalari) o‘z ijarachilarini kutmoqda.

Ijara huquqini qo‘lga kiritish bo‘yicha o‘tkaziladigan Tanlov to‘g‘risida 7 iyunda e’lon qilindi va talabgorlarning arizalari 7 iyulga qadar qabul qilinadi.

Yangi Qo‘yliq dehqon bozori manzili: Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani

Telefon: +99855 500 00 04

Bozor haqida ko‘proq ma’lumot olishni, fotosuratlar va videolarni ko‘rishni xohlasangiz, shu tugmani bosing.

Reklama huquqi asosida

Top