15:35 / 18.06.2021
18857

Besh oy davomida eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil nomi aytildi

O‘zbekistonda besh oy ichida avtomobil ishlab chiqarish sanoatida eng ko‘p “Cobalt” ishlab chiqarildi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021 yilning yanvar-may oylarida 25 059 dona “Cobalt” ishlab chiqarilgan.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-may oylarida ishlab chiqarilgan avtomobillar quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • “Cobalt” - 25 059 dona; 
  • “Damas” - 22 799 dona;  
  • “Lacetti-Gentra” - 16 848 dona;
  • “Nexia T-250” - 11 130 dona; 
  • “Labo” - 5 016 dona;
  • “Spark” - 4 942 dona.
Mavzuga oid
Top