11:46 / 19.06.2021
2147

Haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan avtomaktab ustasi qo‘lga olindi

Marg‘ilon shahrida mashg‘ulotlarga qatnashmasdan turib ham 15 kun ichida haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan avtomaktab ustasi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Marg‘ilon shahar bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida “P.A.” MChJga qarashli avtomaktab katta ustasi T.X. fuqaro N.ga o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashmasdan 15 kun ichida haydovchilik guvohnomasini olib berish evaziga 350 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Oltiariq tumanida soxta diplom tayyorlab bermoqchi bo‘lgan firibgar qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.

Top