09:59 / 20.06.2021
24776

Koronavirus: Kunlik holatlar soni 400dan, shifoxonalardagi bemorlar soni 3,6 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 400dan ortiq kasallanish holati qayd etilib, pandemiya boshidan buyon holatlar soni 106 mingdan oshgani, 400ga yaqin bemor tuzalgani haqida xabar berdi.

 «2021 yil 19 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 106025 (+415) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 9 nafari Andijon viloyatida,
  • 18 nafari Buxoro viloyatida,
  • 16 nafari Jizzax viloyatida,
  • 9 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 4 nafari Navoiy viloyatida,
  • 5 nafari Namangan viloyatida,
  • 35 nafari Samarqand viloyatida,
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 74 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 14 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 11 nafari Xorazm viloyatida,
  • 30 nafari Toshkent viloyatida,
  • 182 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8 nafar,
  • Andijon viloyatida 24 nafar,
  • Buxoro viloyatida 6 nafar,
  • Jizzax viloyatida 41 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 20 nafar,
  • Namangan viloyatida 17 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 17 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 37 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 13 nafar,
  • Xorazm viloyatida 5 nafar,
  • Toshkent viloyatida 42 nafar,
  • Toshkent shahrida 151 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 101692 (+381) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3615 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top