08:29 / 24.06.2021
2074

Samarqandda bug‘doyi o‘rib olingan g‘alla maydoni yonib ketdi

Samarqand viloyati Ishtixon tumanida bug‘doyi o‘rib olingan g‘alla maydoni yonib ketgan. Bu haqda tuman FVB xabar bermoqda.

  • Ma'lum qilinishicha, kecha, 2Z iyun kuni soat 16:43larda Ishtixon tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi 12-KYoKK navbatchilik qismiga Ishtixon tuman «Murodobod» MFY Asad qishlog‘ida joylashgan fermerga tegishli bug‘doyi o‘rib olingan g‘alla maydonida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar tushgan.

Shundan so‘ng, soat 16:55da yong‘in yuz berayotgan joyga Ishtixon tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limidan 2 ta yong‘in o‘chirish ekipaji yetib borgan va yong‘in bartaraf etilgan.

Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida, Ishtixon tuman Murodobod mahallasi Yangi obod qishlog‘ida yashovchi fuqaroga tegishli fermer xo‘jaligining 3 gektar bug‘doyi o‘rib olingan maydonidagi somon yonib ketgan. 1 gektar bug‘doyi o‘rilmagan va yana 3 gektar o‘rilgan maydon saqlab qolingan

Hozirda, mazkur yong‘inning kelib chiqish sabablari yuzasidan surishtiruv o‘tkazilmoqda.

Top