12:38 / 25.06.2021
5525

Dam olish kunlari yana issiq bo‘lishi kutilmoqda

Bu yil “chilla” salqin ob-havodan boshlanadi. Qozog‘iston bo‘ylab sovuq atmosfera fronti o‘tishi hisobiga hududda harorat biroz pasayadi, deb xabar qilmoqda “O‘zgidromet”.

Foto: KUN.UZ

Qayd etilishicha, kun o‘rtasiga kelib havo 32-35 daraja issiqqacha ko‘tariladi. Kun davomida tekislik hududlarda kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat respublikaning tog‘li hududlarida kechga tomon momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

Dam olish kunlari hududga Erondan yana issiq havo kirib kelishi boshlanadi. Havo harorati kechalari 16-21 daraja iliqni, kunduz kunlari 35-38 daraja issiqni, shimol va janubda ba'zi joylarda 40 daraja issiqni tashkil etadi. Bunday qiymatlar o‘rtacha-iqlimiy me'yordan 2-4 darajaga ko‘p bo‘ladi. 

Respublika bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat shanba kuni kechga tomon Farg‘ona viloyatining tog‘li hududlarida ba'zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Bugun va ertaga respublikaning ayrim tumanlarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

 

Mavzuga oid
Top