07:57 / 25.06.2021
10934

IIBB to‘xtab qolgan «Amerika tepaliklari» attraksioni bo‘yicha izoh berdi

Toshkent shahrida «Amerika tepaliklari» attraksionining to‘xtab qolgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Poytaxt IIBB holat bo‘yicha izoh berdi.

Qayd etilishicha, videoda 2021 yil 22 iyun kuni “Anhor” parkidagi attraksionning texnik ko‘rikdan o‘tkazilayotgani tasvirga olingan. 

“Tasvirga tushgan odamlar - park ishchilaridir. Bu vaqtda parkda sayr qiluvchi fuqarolar bo‘lmagan”, deyiladi izohda. 

Ma'lum qilinishicha, biroz vaqtdan so‘ng attraksionda profilaktik ishlar tugagach, u yana ishga tushiriladi.

Top